|
Maqomi. 2: Zaif, qisqarib
borayotgan, mozaik tarqalgan Turon endemik turi.
Tarqalishi. Samarqand vil, Farg`ona
vodiysi. O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog`iston.
Yashash
joylari. Yarimcho`l
zonasi, tog` etaklari, daryo vodiylaridagi qumoq tuproqli, tuproqli va qattiq
sho`rlangan yerlar.
Soni. Ilgari ko`p uchragan,
keyingi o`n yillar davomida keskin kamayib ketgan. Bir necha o`nlab
hasharotlardan tashkil topgan to`dalarda yashaydi.
Yashash tarzi.
Achchiq
miya va qizilmiya tomirlarida yashaydi.
Yiliga bir marta nasl beradi. Iyun-iyulda mumsimon qattiq qobiq hosil qiladi.
Erkaklarining uchinchi yoshdagi lichinkalari chiqishi—avgustda; uchishi,
urg`ochilarining chiqishi, juftlashishi va tuxum qo`yishi (50-300 dona)
-avgust-sentabrda. Birinchi yoshdagi lichinka qishlaydi. Urug`lantirilmagan
urg`ochilari muddatli diapauzaga tushishlari mumkin. Karmin (qirmizi rang
bo`yoq) beruvchi muhim manba.
Cheklovchi
omillar. Yarimcho`l
va tog` etaklaridagi bo`z yerlarning xo`jalik maqsadlarida o`zlashtirilishi,
xususan, haydash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.
Ko`paytirish. Imkoni mavjud.
Muhofaza
choralari. Yashash
joylarida muhofazasini tashkillashtirish.
|